"Barselona" iyun oyi oxirigacha Karraskoni sotib olmoqchi

  • 24 iyun, 2023, 18:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Atletiko" vingeri Yannik Karraskoni qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda. Jurnalist Gabriel Sanzning yozishicha, belgiyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 16 million evroni tashkil etadi. Biroq, bu variant shu oyning oxirigacha amal qiladi.

Tecno

"Barselona" hali ham kelishuvni yakunlash uchun kerakli pulni topa olishiga shubha qilmoqda. Klub ayni damda muhimroq o‘rinlarga o‘yinchilarni sotib olmoqchi. “Ko‘k-anorranglilar”ning asosiy maqsadi yarim himoyachi Serxio Busketssiz qolgan tayanch zonasini kuchaytirish.

Eslatib o‘tamiz, Karraskoning o‘zi "Barselona"ga o‘tishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!